<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><author>Ravshan Xizirov, Ulugʻbek Abduhalimov</author>
<title>Shohona Masihiyman</title>
<lyrics>[V1]
 Rabbim qoʻllang, gunohkor
 Bandangizman, dilozor.
 Holi kundan kun afgor
 Vayrona Masihiyman.

[V2]
 Ne xatolar oʻtdikim
 Qaygʻu alam yutdim jim.
 Deyman oʻzimga oʻzim:
 &quot;Hayrona Masihiyman&quot;.

[V3]
 Kulolmadim yurakdan
 Ayrilmadim tilakdan.
 Sevgi istab &quot;malak&quot;dan
 Devona Masihiyman.

[V4]
 Kimdir holimga hayron
 Kimdir ayblar pinhon.
 Koʻrsam dili gar vayron
 Parvona Masihiyman.

[V5]
 Rabbano bering shifo
 Ruhingiz-la nur-ziyo.
 Otamdir tanho Xudo
 Shohona Masihiyman.

[V6]
 Keling Rabbim, Masihim
 Tashna qalbim, Masihim.
 Najotkorim Sizsiz men
 Mastona Masihiyman.</lyrics>
</song>